Barcha yangiliklar
#jarayon
Gallery image 88742
Gallery image 88743
Gallery image 88744
Gallery image 88745
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
15 Fev 2026
16:08

#jarayon

Xalq Deputatlari Nurafshon Shahar Kengashi Raisining Xayriya Aksiyasida Ishtiroki.

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi Raisi I.Klichxanov "Yoshlar markazi"da oʻtkazilayotgan "Yurakdan yurakka" xayriya aksiyasida faol ishtirok etdi.

Xayriya aksiyasining maqsadi yordamga muhtoj, kam taʼminlangan oilalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boʻlib, shahar Kengashi Raisi I.Klichxanov tadbirda shaxsan qatnashdi.

Shahardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ushbu xayrli tashabbusni keng koʻlamda qoʻllab-quvvatladi.

Aksiya tashkilotchilari va faollari bilan muloqot qilib, xayriya ishlarining ahamiyatini taʼkidladi.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi Raisining ushbu aksiyada ishtirok etishi shahar rahbariyatining insonparvarlik tamoyillariga sodiqligini va ijtimoiy adolatni taʼminlashga boʻlgan eʼtiborini namoyon etdi.