Barcha yangiliklar
#jarayon
Gallery image 88726
Gallery image 88727
Gallery image 88728
Gallery image 88729
Gallery image 88730
Gallery image 88731
Gallery image 88732
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
15 Fev 2026
16:01

#jarayon

“#Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi to'g'risida
✍🏻Bugun shahrimizda “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi rasman boshlandi.

Ushbu muhim jarayonga Respublika kasaba uyushmalari federatsiyasidan biriktirilgan vakil va deputati U. Rashidov, shahar kotibiyat mudiri K.Umarboyev, shahar hokimi o‘rinbosari N.Djumanova, Mahallalar uyushmasi shahar bo'limi boshlig‘i Z.Maxsudova, shuningdek, shahar bandlikka ko'maklashish markazi va "Inson" ijtimoiy himoya bo‘limi hamda MK bank vakillari hamkorlikda kirishdilar.

✅Mazkur bosqich doirasida aniq “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, rejali va manzilli ishlar boshlab yuborildi. Asosiy maqsad — ehtiyojmand xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda ijtimoiy muammolariga amaliy yechim topishdan iborat.

“Ayollar daftari” — bu nafaqat ro‘yxat, balki ayollarning ertangi kuniga ishonch, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan tizimli harakatdir. Yangi bosqich esa yanada samarali, ochiq va natijador ishlar bilan davom etadi.