Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 88605
Gallery image 88606
Gallery image 88607
Gallery image 88608
Gallery image 88609
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
18 Fev 2026
15:06

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Deputat Jumavoy Rahmonqulov tashabbusi bilan Boyovut tumanining “Navbahor” mahallasi yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir Abdug‘ani Abdurahmonov xotirasiga bag‘ishlangan yoshlar o‘rtasida mini futbol musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mazkur sport tadbiri nafaqat sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, balki yoshlar qalbida milliy adabiyotimiz namoyandalariga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zaro do‘stlik, hamjihatlik va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etib, halol raqobat muhitida bellashdilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanib, yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.