Barcha yangiliklar
Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika faoliyati o‘rganildi
Gallery image 88596
Gallery image 88597
Gallery image 88598
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
18 Fev 2026
15:04

Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika faoliyati o‘rganildi

🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish ish rejasida belgilangan nazorat-tahlil tadbirlariga hamda 2026-yil fevral oyiga mo‘ljallangan media-rejaga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov va bosh mutaxassis M.Tursunbayeva, Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi E.Shokirov, okrug deputati A.Mannobov tomonlaridan tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi.

🔹O‘rganish davomida tibbiyot muassasasidagi xizmatlarni raqamlashtirish holati, fuqarolar va bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.

🔹Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.