Barcha yangiliklar
"Oqoltin" mahallasining imkoniyatlari kengaymoqda
Gallery image 88587
Gallery image 88588
Gallery image 88589
Gallery image 88590
Gallery image 88591
Gallery image 88592
Gallery image 88593
Gallery image 88594
Gallery image 88595
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
18 Fev 2026
15:04

"Oqoltin" mahallasining imkoniyatlari kengaymoqda

"Oqoltin" mahallasining imkoniyatlari kengaymoqda

Kuni kecha Shahrisabz tumani hokimi S.Xasanov tuman Kengashi deputatlari S.Abdimuratova va A.Dusmurodovlar hamrohligida “Oqoltin” MFY faollari hamda faxriylari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda "og'ir" toifadagi ushbu mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi taqdimot qilindi. 

Dasturga ko‘ra, mahallada quyidagi ishlar amalga oshirilishi belgilangan:

• Elektr ta’minoti yaxshilanadi: Buning hisobiga hududda 25 ta yangi maishiy xizmat ko‘rsatish va sanoat loyihalari ishga tushiriladi;

• Tomorqadan daromad: 550 ta xonadonning 61 gektar tomorqa yerida yiliga 2-3 marotaba sabzavot ekinlari ekish tizimli ravishda tashkil etiladi.