Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.Jurayev "Tinchlik" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Gallery image 88580
Gallery image 88581
Gallery image 88582
Gallery image 88583
Gallery image 88584
Gallery image 88585
Gallery image 88586
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
17 Fev 2026
15:04

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati X.Jurayev "Tinchlik" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o'tdi. Deputat X.Jurayev mahalla ahlining turli masalalar bo'yicha murojaatlarini diqqat bilan tingladi. Suhbat davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta'minlash, ijtimoiy himoya masalalari, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek, kundalik hayotda uchraydigan maishiy muammolar kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Saylovchilar o'zlarini qiynayotgan masalalar, mahallaga oid takliflar va kelgusidagi rejalar yuzasidan ochiq fikr-mulohazalarini bildirishdi. Deputat har bir murojaatni sinchkovlik bilan o'rganib, ularning yechimi yuzasidan qonuniy tushuntirishlar berdi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo'lsa, qo'shimcha o'rganish va vakolatli tashkilotlar aralashuvini talab etadigan murojaatlar ijrosini nazoratga oldi. Tegishli mas'ul idoralarga deputatlik so'rovi yuborish, muammolarni xalq deputatlari Kengashi sessiyalariga olib chiqish bo'yicha ham choralar ko'rilishi belgilandi.

Bunday uchrashuvlar deputatlar faoliyatining muhim qismi bo'lib, ular orqali aholining davlat idoralariga bo'lgan ishonchi mustahkamlanadi, muammolar o'z vaqtida aniqlanib, samarali yechim topishiga xizmat qiladi.