Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya raislari bilan uchrashuv o'tkazildi
Gallery image 88449
ABRAXMATOV NAJMIDDIN ABDURAXMON O‘G‘LI
17 Fev 2026
09:57

Doimiy komissiya raislari bilan uchrashuv o'tkazildi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi I.B.Xushmurodova Qamashi tumanida doimiy komissiya raislari bilan muloqat qildi.

Uchrashuv davomida tuman Kengashi faoliyati samaradorligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tumandagi doimiy komissiyalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglandi. Qator ijobiy tajribalar bilan birga, mavjud muammo va kamchiliklar ham atroflicha tahlil qilindi. Muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar berildi.

Uchrashuv yakunida doimiy komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar va mutasaddi tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, joylarda sayyor qabullar tashkil etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.