Barcha yangiliklar
“O‘rganish”
Gallery image 88442
Gallery image 88443
Gallery image 88444
Gallery image 88445
ASHIRMATOV AZIZ NAMATULLAYEVICH
18 Fev 2026
09:39

“O‘rganish”

Xalq deputatlari tuman Kengashi 12-okrug deputati B.X.Usmonov, tumandagi “Qizil ko‘prik”, “Baytqo‘rg‘on”, “Navbahor” va “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, u yerda xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda “Ayollar daftari” orqali xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganishlar jarayonida mazkur yo‘nalishda manzillilikni ta’minlash hamda boqimandalik kayfiyatining oldini olish maqsadida, amaldagi qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda aniq takliflar ishlab chiqildi va tuman hokimligi oila va xotin-qizlar bo‘limiga, shuningdek “mahalla yettiligi” a’zolariga taqdim etildi.