Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 88423
Gallery image 88424
Gallery image 88425
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
18 Fev 2026
08:59

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-Poshxurt saylov okrugi deputati I. Nuriddinov tomonidan “Chorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari deputatlik nazoratiga olindi.

Mazkur hududda Islom taraqqiyot banki tomonidan moliyalashtirilayotgan “Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” qo‘shma loyihasi doirasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Qurilish-montaj ishlari “YTT Termiz tezkor qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda.

Deputat tomonidan loyiha ijrosining borishi, qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda aholi manfaatlarini ta’minlash masalalari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.