Barcha yangiliklar
Deputatlar mahalladagi taraqqiyot va ijtimoiy o‘zgarishlar bilan tanishdi
Gallery image 88410
Gallery image 88411
Gallery image 88412
Gallery image 88413
Gallery image 88414
Gallery image 88415
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
17 Fev 2026
21:24

Deputatlar mahalladagi taraqqiyot va ijtimoiy o‘zgarishlar bilan tanishdi

Deputatlar mahalladagi taraqqiyot va ijtimoiy o‘zgarishlar bilan tanishdi 

🫥Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari - J.Donayev, U.Xo'shboqov va Q.Igamberdiyevalar “Bog‘iston” mahallasida olib borilayotgan keng ko‘lamli infratuzilma va ijtimoiy rivojlanish ishlarini yaqindan o‘rganishdi.

🗣Tashrif davomida deputatlar:

Mahalla aholisi tomonidan hashar yo‘li bilan qurilayotgan zamonaviy piyodalar yo‘lakchasini ko‘zdan kechirdi, mavjud kamchiliklar va takliflarni fuqarolar bilan ochiq muloqot orqali muhokama qildi. 

📱Mahalla hududidagi “Janub tongi diyori” baliqchilik fermer xo‘jaligining baliq yetishtirishga mo‘ljallangan suv havzasi bilan tanishib, loyiha samaradorligi, ekologik ahamiyati va aholiga yaratadigan iqtisodiy foydasini o‘rganishdi. 

⚫️Deputatlar mahalladagi rivojlanish jarayonida aholining faol ishtiroki va zamonaviy loyihalarning ahamiyatini alohida ta’kidlashdi. Ularning fikricha, bu tashrif mahalla hayotini yanada yaxshilash, ijtimoiy farovonlikni oshirish va hududdagi iqtisodiy loyihalarni kengaytirishga xizmat qiluvchi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)