Barcha yangiliklar
Memorandum
Gallery image 88377
Gallery image 88378
Gallery image 88379
OTAJONOV OTAJON MADAMIN O‘G‘LI
17 Fev 2026
20:55

Memorandum

✅  Xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashi raisi X.Abdiramanov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti Xonqa tumani HMB bosh mutaxassisi X.Allaberganovlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

📝 Mazkur kelishuv aholiga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish, huquqiy ma’rifatni oshirish va mahalliy vakillik organlari faoliyatini huquqiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. 

Memorandum doirasida aholi uchun sayyor qabullar tashkil etish, deputatlar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazish, qaror va dasturlar loyihalarini birgalikda ishlab chiqish, shuningdek deputatlar va kotibiyat xodimlari malakasini oshirish rejalashtirilgan. 

⚖️Shu bilan birga, ko‘ngilli yuristlar jalb qilinib, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshiriladi. Tomonlar hamkorlik natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borishga kelishib oldilar. Mazkur memorandum imzolangan kundan boshlab kuchga kirdi.