Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan uchrashuv
Gallery image 88320
Gallery image 88321
Gallery image 88322
Gallery image 88323
Gallery image 88324
Gallery image 88325
Gallery image 88326
Gallery image 88327
Gallery image 88328
Gallery image 88329
Gallery image 88330
Gallery image 88331
Gallery image 88332
Gallery image 88333
Gallery image 88334
Gallery image 88335
Gallery image 88336
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
17 Fev 2026
18:51

Saylovchilar bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati M.Omonullayev "Xo'jayipok" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o'tdi. Deputat M.Omonullayev mahalla ahlining turli masalalar bo'yicha murojaatlarini diqqat bilan tingladi. Suhbat davomida mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta'minlash, ijtimoiy himoya masalalari, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek, kundalik hayotda uchraydigan maishiy muammolar kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

 Saylovchilar o'zlarini qiynayotgan masalalar, mahallaga oid takliflar va kelgusidagi rejalar yuzasidan ochiq fikr-mulohazalarini bildirishdi. Deputat har bir murojaatni sinchkovlik bilan o'rganib, ularning yechimi yuzasidan qonuniy tushuntirishlar berdi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo'lsa, qo'shimcha o'rganish va vakolatli tashkilotlar aralashuvini talab etadigan murojaatlar ijrosini nazoratga oldi.

 Tegishli mas'ul idoralarga deputatlik so'rovi yuborish, muammolarni xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalariga olib chiqish bo'yicha ham choralar ko'rilishi belgilandi.

 Bunday uchrashuvlar deputatlar faoliyatining muhim qismi bo'lib, ular orqali aholining davlat idoralariga bo'lgan ishonchi mustahkamlanadi, muammolar o'z vaqtida aniqlanib, samarali yechim topishiga xizmat qiladi.