Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati R.Madaminov Galatoʻy MFYda mahalla fuqarolari hamda “yettilik” xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Gallery image 88279
Gallery image 88280
Gallery image 88281
Gallery image 88282
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
17 Fev 2026
18:34

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati R.Madaminov Galatoʻy MFYda mahalla fuqarolari hamda “yettilik” xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida 2026 yilning dastlabki oylarida amalga oshirilgan ishlar, tashkil etilgan tadbirlar hamda hududda mavjud va hal etilishi zarur boʻlgan muammolar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Gʻalatoʻy MFY hududida joylashgan 2-son Oilaviy poliklinikaga qarashli tibbiyot binosini taʼmirlash yoki yangidan qurish masalasi koʻrib chiqildi.

Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar maʼlum qilindi.