Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati L.Djamolova “Kattasaydov” mahallasining Xo‘ja qishlog‘i Ipakli ko‘chasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar bilan uchrashdi.
Gallery image 88254
JAZILOV NURISLOM KABILJONOVICH
17 Fev 2026
18:22

Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati L.Djamolova “Kattasaydov” mahallasining Xo‘ja qishlog‘i Ipakli ko‘chasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar bilan uchrashdi.

#Deputat_faoliyati

“Deputat L. Djamolova murojaatlarni joyida o‘rgandi”

Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati L.Djamolova “Kattasaydov” mahallasining Xo‘ja qishlog‘i Ipakli ko‘chasida istiqomat qiluvchi bir guruh fuqarolar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganildi.

Fuqarolar o‘z xonadonlariga olib boruvchi yo‘llarning ta’mirtalab holga kelgani, elektr simyog‘ochlarining eskirgani hamda ayrim joylarda qo‘lbola simyog‘ochlardan foydalanilayotgani yuzasidan muammolarni bayon qildilar. 

Deputat tomonidan murojaatlar joyida o‘rganilib, masalani ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnoma yuborildi. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)