Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Rustamjon Isaqov Namangan shahridagi “Chorsu bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.
Gallery image 88173
Gallery image 88174
Gallery image 88175
Gallery image 88176
Gallery image 88177
Gallery image 88178
Gallery image 88179
Gallery image 88180
Gallery image 88181
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
17 Fev 2026
17:42

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Rustamjon Isaqov Namangan shahridagi “Chorsu bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Rustamjon Isaqov Namangan shahridagi “Chorsu bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

🟢 Tashrif davomida bozor hududida narx-navoning barqarorligini ta’minlash, aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazib berish, savdo jarayonlarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, bozorda savdo rastalarini raqamlashtirish, elektron to‘lov tizimlarini joriy etish hamda tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

✅ Uchrashuv jarayonida bozor ma’muriyati bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari, narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli davom ettirish, savdo madaniyatini yanada yuksaltirish va bozor infratuzilmasini zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.