Barcha yangiliklar
Sharq Tongi MFYda mahalla faoliyati o‘rganilmoqda
Gallery image 88132
Gallery image 88133
Gallery image 88134
Gallery image 88135
Gallery image 88136
ABDULMAJIDOV MUSOXON MUXTORJON O‘G‘LI
17 Fev 2026
16:12

Sharq Tongi MFYda mahalla faoliyati o‘rganilmoqda

Sharq Tongi MFYda mahalla faoliyati o‘rganilmoqda

🟢 Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi, deputat Rustamjon Isaqov tomonidan aholini kambagallikdan chiqarish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Sharq Tongi MFY faoliyati o‘rganildi.

Uchrashuv mahalla “yettligi” a’zolari ishtirokida o‘tkazildi. Unda hududda aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan tizimli ishlash, fuqarolar murojaatlari va muammolarini hal etish masalalari muhokama qilindi.

❗️Shuningdek, mahalla idorasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olindi.