Barcha yangiliklar
Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Gallery image 88044
Gallery image 88045
Gallery image 88046
Gallery image 88047
Gallery image 88048
Gallery image 88049
Gallery image 88050
Gallery image 88051
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
17 Fev 2026
14:45

Deputat saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 15-Baynalminal saylov okrugidan saylangan deputat Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich “Yurtim jamoli” va “At-Termiziy” mahallalarida joriy yilning 1-yarim yilligi uchun tasdiqlangan grafikga asosan saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida yig‘ilish ishtirokchilariga 2025-yil deputatlik faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida batafsil axborot berdi. 2025-yilda yakuniga yetmagan, yechimini topmagan muammolarni 2026-yilning 1-yarim yilligida investitsiya, mahalliy byudjet dasturlariga kiritish bo‘yicha fuqarolardan takliflarni yozib olganligini bu bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi jo‘natishini va deputatlik nazoratini amalga oshirishini aytib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida deputat zimmasiga fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olib, muammolar yechimini topish uchun tegishli aloqador tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda deputatlik so‘rovlarining natijasi bo‘yicha har chorak yakunida saylovchilariga axborot berib borish vazifasi belgilandi.