Barcha yangiliklar
AHOLI MUROJAATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
Gallery image 87971
Gallery image 87972
Gallery image 87973
XAMDAMOVA NASIBA MIRZARAIMOVNA
16 Fev 2026
00:00

AHOLI MUROJAATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI

AHOLI MUROJAATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.Ashurov, deputat X.Melikov bilan birgalikda Chilonzor mahallasidagi Gazarak qishlog‘i aholisi murojaati yuzasidan o‘rganish olib bordilar.

Qabristonga olib boruvchi yo‘lni toshlash masalasi yuzasidan aholi tomonidan bildirilgan murojaat deputat tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yo‘lning mavjud holati ko‘zdan kechirilib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar atroflicha tahlil qilindi. Aniqlanishicha, mazkur yo‘l noqulay ob-havo sharoitida harakatlanish uchun qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha ishlar olib borilishi ma’lum qilindi va shu kunning o'zida deputat tomonidan ma'sul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi.