Barcha yangiliklar
Deputatlar ishtirokida hududlarni rivojlantirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi
Gallery image 87932
Gallery image 87933
Gallery image 87934
Gallery image 87935
Gallery image 87936
Gallery image 87937
Gallery image 87938
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
16 Fev 2026
12:12

Deputatlar ishtirokida hududlarni rivojlantirish va mahalla infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi

Hududlarni kompleks rivojlantirish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, ichki yo‘llarni asfaltlash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash hamda obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 16-Alangtepa saylov okrugidan saylangan deputat T.Berdiyarova o‘zi saylangan hududdagi mahallada bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, sifati va muddatlariga rioya etilayotganini joyiga chiqib ko‘zdan kechirdilar. Ayniqsa, ichki ko‘chalarda olib borilayotgan asfaltlash ishlari hamda ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan mas’ul tashkilotlarga ishlarni belgilangan reja-grafik asosida, sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur sa’y-harakatlar hudud aholisi uchun yanada qulay va obod muhit yaratishga xizmat qilmoqda.