Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi tomonidan hududlarda amalga oshirilgan va oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan navbatdagi muhokama yig‘ilish
Gallery image 8920
Gallery image 8921
Gallery image 8922
Gallery image 8923
Gallery image 8924
Gallery image 8925
KURGANOVA NILUFAR RAXIMJANOVNA
26 Apr 2024
11:27

Mahalla yettiligi tomonidan hududlarda amalga oshirilgan va oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan navbatdagi muhokama yig‘ilish

Kuni kecha Bo‘stonliq tumani hokimi J.Axmedov boshchiligida mahalla yettiligi tomonidan hududlarda amalga oshirilgan va oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan navbatdagi muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

-Yig‘ilishda hududlarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, pilla hosili uchun ipak qurti boqish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil qilish, migratsiyada yurgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish hamda migratsiyadan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash haqida so‘z yuritildi.

-Tomorqadan samarali foydalanish borasidagi kamchiliklar ham tahlil qilinib, aholi tomorqasidagi bo‘sh yerlardan unumli foydalanish orqali qo‘shimcha daromad manbai yaratish to‘g‘risida xonadonbay olib borilayotgan tushuntirish ishlarini yanada jonlantirish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.