Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Gallery image 87905
Gallery image 87906
Gallery image 87907
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
14 Fev 2026
11:55

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganilib, aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati Z.Chorshanbiyev o‘zi saylangan hududdagi mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar hamda rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumot oldi.

Tashrif davomida hududdagi fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning ijtimoiy ahvoli, bandlik, kommunal xizmatlar va infratuzilma bilan bog‘liq masalalari o‘rganildi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish hamda navbatdagi tashriflarda masalalarni joyiga chiqib hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

 Shuningdek, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, aholi bilan muntazam muloqotni davom ettirish zarurligi alohida ta’kidlandi.