Barcha yangiliklar
Deputat faoliyati
Gallery image 87903
Gallery image 87904
XOLIQOV BAXODIR RO‘ZIQULOVICH
17 Fev 2026
11:56

Deputat faoliyati

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 5-Paxtaorol saylov okrugidan saylangan deputat F.Alimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 14.01.2025 yidagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi “Dehqonobod” MFYda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda o‘rganishlar o‘tkazdi.

O‘rganish davomida mahalladagi tuman hokimi yordamchisi faoliyatiga e’tibor qaratildi. Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish hamda bandligini ta’minlash choralarining ko‘rilishi, mahalladagi kambag‘al oilalarni har biri uchun “individual dastur” ishlab chiqilganligi va ularning daromadini oshirish chora-tadbirlarining belgilanganligi ko‘rildi.

Shuningdek, aholi bilan muloqot jarayonida ko‘tarilgan “mahalla yettiligi” tomonidan taqdim etilgan muammoli masalalarni tuman Kengashi sessiyasida muhokama qilinishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalashtirilib olindi.