Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Shohijahon Usmonov “Bog‘ishamol” mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Gallery image 87866
Gallery image 87867
Gallery image 87868
Gallery image 87869
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
17 Fev 2026
11:43

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati Shohijahon Usmonov “Bog‘ishamol” mahallasida aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda joriy yilning 12-fevral kuni bo‘lib o‘tgan sessiya tafsilotlari hamda Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi 49-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshiriladigan ishlar haqida so‘z bordi.

Unga ko‘ra, mahallada quyidagi ijobiy o‘zgarishlar kutilmoqda:

Sanoat va xizmat ko‘rsatish: Hududda elektr ta’minoti tubdan yaxshilanadi. Buning natijasida 16 tadan ortiq yangi maishiy xizmat ko‘rsatish va sanoat loyihalari ishga tushiriladi.

Dehqonchilik va daromad: 415 ta xonadonning 28 gektar tomorqa yeridan unumli foydalanish choralari ko‘riladi. Endilikda bu yerlarga yiliga 2-3 marotaba sabzavot ekinlari ekish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yiladi.