Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilmani yaxshilash ishlari doimiy nazoratga olinmoqda.
Gallery image 87757
Gallery image 87758
Gallery image 87759
Gallery image 87760
Gallery image 87761
Gallery image 87762
Gallery image 87763
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
17 Fev 2026
10:53

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilmani yaxshilash ishlari doimiy nazoratga olinmoqda.

Navbatdagi o‘rganish ishlari Nurafshon MFY hududida tashkil etildi. Dastlab deputatlar Bobodehqon ko‘chasida joylashgan 300 ta xonadon tomorqasini sug‘orishga mo‘ljallangan ariqni betonlash ishlari bilan tanishdilar. Mazkur loyiha aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlashni yaxshilash, suv yo‘qotilishining oldini olish hamda hudud obodonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shundan so‘ng Bobodehqon ko‘chasining 500 metr qismini asfaltlashtirish yuzasidan fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat manzilli o‘rganildi. Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash zarurati va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.