Barcha yangiliklar
Deputatlar hududlarda joyiga chiqib o‘rganishlar olib bormoqda”
Gallery image 87725
Gallery image 87726
Gallery image 87727
Gallery image 87728
Gallery image 87729
MURODOV TURSUNBEK SHOGELDI O‘G‘LI
10 Fev 2026
09:43

Deputatlar hududlarda joyiga chiqib o‘rganishlar olib bormoqda”

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Avliyakulov deputat R.Shamanov saylangan hududidagi Qo‘ng‘irot mahallasiga joyiga chiqqan holda keng qamrovli o‘rganishlar olib borildi. 

Tashrif davomida deputatlar avvalo mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ular mahalla rahbarlari bilan uchrashib, hududda olib borilayotgan ijtimoiy, madaniy va maishiy ishlarning holati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choralarni batafsil o‘rgandilar.

Shuningdek, hududdagi infratuzilma holati, obodonlashtirish ishlari, yo‘llar, ichimlik suvi ta’minoti, yoritish tizimlari, bolalar maydonchalari va ijtimoiy soha obyektlari faoliyati ham alohida ko‘zdan kechirildi. Deputatlar hududdagi muammolarni aniqlash va ularni tezkor hal etish bo‘yicha mas’ullar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdilar, hudud aholisining turmush sharoitlari va ehtiyojlarini batafsil o‘rgandilar.