Barcha yangiliklar
Deputat mahallada
Gallery image 87681
Gallery image 87682
Gallery image 87683
Gallery image 87684
Gallery image 87685
Gallery image 87686
XUDOYQULOVA GULNORA UBAYDULLAYEVNA
17 Fev 2026
09:31

Deputat mahallada

 Piskent tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24- 

sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga
qaratilgan 330-sonli qarori ijrosi doirasida manzilli va tizimli ishlar olib
borilmoqda.
 

Jumladan, kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash,
farzandlarining ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida
amaliy choralar ko‘rilmoqda. Ayrim fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlanib,
oilalarning barqaror daromad manbalari shakllantirildi. Shuningdek, nogironligi
bo‘lgan shaxslar tomonidan tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilib, yangi ish
o‘rinlari tashkil etilmoqda.
 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘rinbosari I.M.Adhamov Piskent
tumaniga tashrif buyurib,
tuman hokimi, deputat
M.Aripov bilan birga
o‘ziga biriktirilgan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan joyida
tanishdi hamda ularning ijrosini o‘rgandi.