Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati
Gallery image 87603
Gallery image 87604
Gallery image 87605
QAXOROV ILHOMJON MIRSHAVKATOVICH
16 Fev 2026
18:01

Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati

✅Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi kotibiyati hamda shahar partiya Kengashlari raislari bilan hamkorlikda qator amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

✅Rejaga muvofiq, qonunchilik talablarining ijrosini ta’minlash, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar ijrosini tizimli monitoring qilish hamda joylardagi muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratiladi.

✅Shuningdek, shahar Kengashi sessiyalari va doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish, partiya guruhlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini ta’minlash orqali aholi bilan muloqotni kuchaytirish ustuvor vazifa etib belgilandi.

✅Mazkur chora-tadbirlar ijrosi natijasida shahar miqyosida davlat va jamoat boshqaruvi samaradorligini oshirish hamda fuqarolar manfaatlarini ishonchli himoya qilish ko‘zda tutilgan.