Barcha yangiliklar
Deputat tashabbusi
Gallery image 87551
Gallery image 87552
Gallery image 87553
Gallery image 87554
Gallery image 87555
Gallery image 87556
Gallery image 87557
Gallery image 87558
Gallery image 87559
MARDANOV TUYCHI NORBOYEVICH
16 Fev 2026
17:39

Deputat tashabbusi

 Dehqonobod tumanida Beliboyli mahallasining aholisi uchun muhim bo‘lgan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida ezgu tashabbusamalga oshirildi. Beliboyli mahallasining Tilla tepa qishlog‘ida deputat hamda nuroniylar tashabbusi bilan sel-suv oqibatida shikastlangan ko‘prik ta’mirlandi. 

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman Kengashiga 22-Chambil saylov okrugidan saylangan deputat N.Onorov hamda Beliboyli mahallasining faol nuroniylari tashabbusi va bevosita homiyligi bilan yog‘ingarchiliklar ta’sirida nosoz holga kelgan avtomabil ko‘prigi ta’mirdan chiqarilmoqda. 

Ish jarayonida yo‘lning torayib qolgan hududlari kengaytirilib, maxsus texnikalar yordamida surilib tekislandi. Mazkur amaliy ishlar nafaqat qatnov xavfsizligini oshirmoqda, balki aholining kundalik hayotiga ham sezilarli qulayliklar yaratmoqda.