Barcha yangiliklar
Deputat – Kelajak soati darsida!
Gallery image 87464
Gallery image 87465
Gallery image 87466
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
16 Fev 2026
17:09

Deputat – Kelajak soati darsida!

Bugun Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati X.Xazratova tomonidan Nurobod tumanidagi 1-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan “Kelajak soati” darslarida faol ishtirok etib, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish bo'yicha gapirib o'tdi.

Dars jarayonida o‘quvchilarga yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim tizimidagi yangilanishlar hamda tumanimizda yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

💬 Deputat yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Uchrashuv davomida yosh avlodni vatanparvarlik, ularni kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar etib voyaga yetkazish zarurligi ta’kidlandi.