Barcha yangiliklar
📌 "Qayrma" mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot
Gallery image 87304
Gallery image 87305
Gallery image 87306
Gallery image 87307
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
14 Fev 2026
13:35

📌 "Qayrma" mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi Z.Naxalov o‘z hududidagi "Qayrma" mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Uchrashuvda mahalla aholisi faol ishtirok etib, hududni rivojlantirish, yashash sharoitlarini yaxshilash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.

Xususan, fuqarolar tomonidan:

🔹 ichki yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish;

 🔹 elektr, gaz va ichimlik suvi ta’minoti masalalari;

 🔹 kommunal xizmatlar sifatini oshirish;

 🔹 yoshlar uchun sport va madaniy maskanlar sharoitini yaxshilash;

 🔹 mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish kabi masalalar ko‘tarildi.

Z.Naxalov murojaatlarni atroflicha tinglab, ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berdi. Har bir masala yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr almashish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va hududni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.