Barcha yangiliklar
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport yo‘nalishidagi ishlar sarhisob qilindi
Gallery image 87288
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
16 Fev 2026
13:27

Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport yo‘nalishidagi ishlar sarhisob qilindi

Bugungi sessiyada Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Doimiy komissiya raisi A.Rabbimov tomonidan taqdim etilgan hisobotda 2025-yil davomida ijtimoiy sohani rivojlantirish, yoshlar siyosatini samarali amalga oshirish, madaniyat va sport yo‘nalishlarida tizimli ishlar olib borilgani ta’kidlandi.

📊 Hisobot davrida:

16 marotaba doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazilib, 23 ta masala muhokama qilindi;

Ta’lim, sog‘liqni saqlash va madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi;

Yoshlar bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi;

Sport infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy xizmatlar sifati tahlil qilindi;

Davlat dasturlari va hududiy loyihalar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.

🔎 Shuningdek, yil davomida 10 dan ortiq joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirilib, aniqlangan muammolar yuzasidan aniq taklif va xulosalar ishlab chiqildi hamda tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Hisobotda qayd etilganidek:

 ✔️ ijtimoiy soha bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlari kuchaytirildi;

 ✔️ yoshlar bilan ishlash tizimi takomillashtirildi;

 ✔️ madaniyat va sport yo‘nalishlarida mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi;

 ✔️ mas’ul tashkilotlar faoliyati ustidan deputatlik nazorati yanada mustahkamlandi.

Sessiya yakunida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni 2026-yilda ham izchil davom ettirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.