Barcha yangiliklar







JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
15 Yan 2026
10:43
#jarayon
Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida 7/24 rejimida faoliyat yuritayotgan ko‘ngilochar markaz faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mazkur obyektning qonuniyligi, sanitariya va xavfsizlik talablarga rioya etilishi, shuningdek, aholi tinchligiga ta’siri masalalari ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli xulosa va tavsiyalar berildi. Ushbu o‘rganish aholining osoyishtaligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashga qaratildi.