Barcha yangiliklar
Deputat tashrifi: “Boy mahalla”da muammolar yechimi va yangi tashabbuslar
Gallery image 87055
Gallery image 87056
Gallery image 87057
Gallery image 87058
Gallery image 87059
Gallery image 87060
DADAJONOVA OZODAXON ADILOVNA
16 Fev 2026
10:34

Deputat tashrifi: “Boy mahalla”da muammolar yechimi va yangi tashabbuslar

 Deputat tashrifi: “Boy mahalla”da muammolar
yechimi va yangi tashabbuslar
 

  

🔹 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Anvarjon
Qosimov o‘z saylov okrugida joylashgan “Boy mahalla” MFYga tashrif buyurib, mahalla
yettiligi faoliyati, hududdagi ijtimoiy ob’ektlar holati hamda amalga oshirilayotgan
obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
 

🔹 Tashrif davomida hudud infratuzilmasini rivojlantirish,
aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish va mavjud muammolarni bartaraf etish borasida
amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Mahalla aholisi va faollari bilan o‘tkazilgan
ochiq muloqotda dolzarb masalalar, ayniqsa kommunal xizmatlar, yo‘llar holati va
ijtimoiy ob’ektlar faoliyatiga oid murojaatlar tinglandi.
 

🔹 Deputat har bir murojaat nazoratga olinishini, ko‘tarilgan
masalalarni bosqichma-bosqich hal etish uchun tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda
aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’kidladi. Asosiy e’tibor — mahallada
obod va farovon hayotni ta’minlash, aholi roziligini oshirishga qaratilgan.
 

  

Batafsil: 

  

Telegram | Facebook | YouTube