Barcha yangiliklar
#Deputatlik_faoliyati
Gallery image 87043
Gallery image 87044
Gallery image 87045
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
08 Yan 2026
10:31

#Deputatlik_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati 

Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi.

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Sherzod Nomatqulov, Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisi O‘tkir Rashidov, shuningdek, shahar Kengashi deputatlari Nuriddin Niyozov va Alim Tursunboyev ishtirok etdilar.

Aholi farovonligini oshirish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Fuqarolarni qiynayotgan muammolarni tinglab, ularni hal etish mexanizmlari va Murojaatnomada ko‘zda tutilgan imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumot taqdim etdilar.

Uchrashuv Yangi O‘zbekiston islohotlari doirasida parlamentarizm tizimining xalq bilan yaqin muloqotini ta’minlash va deputatlik nazoratini kuchaytirish yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘ldi.