Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 86984
Gallery image 86985
Gallery image 86986
Gallery image 86987
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
16 Fev 2026
10:09

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova, tuman Kengashi deputati Karomat Karimova hamda viloyat Kengashidan saylangan deputat Dilshunos Abdullayevalar hamkorlikda “A.Navoiy” mahallasi hududida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va yordamga ehtiyoji mavjud oilalar xonadonlari o‘rganildi

O‘rganish jarayonida fuqarolarning yashash sharoiti, bandligi, sog‘ligi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojlari atroflicha tahlil qilindi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy yordam choralarini kuchaytirish hamda oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilishi qayd etildi.