Barcha yangiliklar
Qonun loyihasi muhokamasi o‘tkazildi.
Gallery image 86898
Gallery image 86899
Gallery image 86900
Gallery image 86901
Gallery image 86902
Gallery image 86903
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
16 Fev 2026
09:20

Qonun loyihasi muhokamasi o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Pastdargom tuman Kengashida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va ko‘rib chiqish uchun Senatga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholiga tibbiy yordam kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur qonun hudud manfaatlaridan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqildi. Muhokamada deputatlar, doimiy komissiya a’zolari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatning kafolatlangan hajmini aniqlashtirish, xizmatlar sifatini oshirish, tibbiyot va farmasevtika xodimining kasbiy faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qator takliflar ilgari surildi. Shuningdek, qonunga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha aniq taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.