Barcha yangiliklar
MAHSULOTLAR SIFATI NAZORATDA
Gallery image 86895
Gallery image 86896
Gallery image 86897
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
16 Fev 2026
09:18

MAHSULOTLAR SIFATI NAZORATDA

Bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarning sifatini doimiy tarzda nazorat qilib borish, isteʼmolchilarni sifatsiz va yaroqsiz mahsulotlar sotilishidan himoya qilish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan ham, bu borada tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda muntazam nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Navbatdagi tekshiruvlar xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kemgashi deputati S.Djumanova Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limi bilan hamkorlikda "Pastdarg‘om meva-sabzavot bozori" MCHJ bozorida olib borildi.

Bunda, mahsulotlar sifati, yaroqlilik muddati, narx-navosi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tadbirkorlarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.