Barcha yangiliklar
Murojaatlar amalda
Gallery image 86885
Gallery image 86886
Gallery image 86887
Gallery image 86888
Gallery image 86889
Gallery image 86890
Gallery image 86891
Gallery image 86892
SHAMSIDDINOV SHOHBOZBEK SHAVKATBEK O‘G‘LI
16 Fev 2026
09:13

Murojaatlar amalda

 Buloqboshi tumani Navoiy MFY hududida 2026-yilga mo‘ljallangan dastur asosida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida yangi elektr simyog‘ochlari olib kelinib, hudud bo‘ylab o‘rnatish ishlari bosqichma-bosqich bajarilmoqda.
Ushbu ishlar Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi deputati Akromov Doniyor Abduraxmonovich tomonidan borib o‘rganildi.Bu qilinayotganishlardan asosiy maqsad aholini uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud tarmoqlardagi yuklamani kamaytirish hamda xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradigan infratuzilmani shakllantirishdan iborat.
Mutasaddi tashkilot tomonidan belgilangan reja asosida eski va yaroqsiz holga kelgan ustunlar yangisiga almashtirilmoqda, zarur joylarda qo‘shimcha tayanch ustunlar o‘rnatilmoqda. Barcha ishlar texnik me’yorlar va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda olib borilmoqda.
Mazkur loyiha yakuniga yetgach, mahalla aholisi uchun elektr ta’minotidagi uzilishlar kamayishi, kuchlanish barqarorlashishi hamda xizmat sifati sezilarli darajada yaxshilanishi kutilmoqda.