Barcha yangiliklar
Saylovchilar murojaati ijobiy hal qilindi.
Gallery image 86878
Gallery image 86879
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
16 Fev 2026
09:11

Saylovchilar murojaati ijobiy hal qilindi.

Nayman mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Sadoqat Nurmamatova aholi bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan qator masalalar ko‘tarildi. Jumladan, ishsizlik muammosi, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, xususan, Qozoq Nayman mahallasidan o‘tuvchi “Barqaror” nomli ko‘chani obodonlashtirish va asfaltlash zarurligi muhokama qilindi.

Sadoqat Nurmamatovaning aytishicha, har bir tashabbus va amaliy ish avvalo jamoat bilan hamkorlikda bajarilganda samarali bo‘ladi. U mahalla faollari bilan birgalikda muayyan rejalar ishlab chiqilganini, ko‘cha obodonchiligiga esa har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi muhim ekanini qayd etdi. Fuqarolar deputatga o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi. Deputat har bir murojaatni alohida o‘rganib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga va’da berdi. Hozirgi kunda ushbu murojaat bo'yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.