Barcha yangiliklar
F–71 Farmoni ijrosi doirasida navbatdagi o‘rganish
Gallery image 86871
Gallery image 86872
Gallery image 86873
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
16 Fev 2026
09:07

F–71 Farmoni ijrosi doirasida navbatdagi o‘rganish

         O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Davlat kadastrlari palatasining tuman bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xizmat ko‘rsatish jarayonlarining shaffofligi, fuqarolarga yaratilgan qulayliklar hamda mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilindi. Shuningdek, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar kelgusida davlat organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, aholining ishonchini mustahkamlash va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirishga xizmat qiladi.