Barcha yangiliklar
Muborak tumani “Istiqlol” mahallasida ma’rifiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Gallery image 86794
Gallery image 86795
Gallery image 86796
Gallery image 86797
KENJAYEVA DILFUZAXON MANSUROVNA
14 Fev 2026
17:39

Muborak tumani “Istiqlol” mahallasida ma’rifiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Muborak tumani “Istiqlol” mahallasida ma’rifiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Muborak tumani “Istiqlol” mahallasida mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar ishtirokida mazmunli va samimiy ruhda ma’rifiy yig‘ilish tashkil etildi.

Tadbirda xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi deputati Jo‘rayeva Gulchehra Fayzullayevna tomonidan muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2026 yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingani hamda mazkur tashabbusning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirildi. Ta’kidlanganidek, mahalla tizimini yanada mustahkamlash, aholi farovonligini oshirish va jamiyat barqarorligini ta’minlash bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Yig‘ilish davomida mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rni, yaxshi qo‘shnichilik va hamjihatlik qadriyatlarini mustahkamlash, har bir xonadon farovonligini ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Xususan, mahallada “Yettilik” faoliyatini yanada kuchaytirish, kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish, yoshlar bandligini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish, oilaviy ajrimlarni kamaytirish hamda infratuzilmani yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.