Barcha yangiliklar
Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 86743
Gallery image 86744
Gallery image 86745
Gallery image 86746
Gallery image 86747
Gallery image 86748
Gallery image 86749
Gallery image 86750
ACHILOVA SAODAT MUXAMEDJANOVNA
11 Fev 2026
15:44

Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 11 fevral kuni Yangibozor tumani Axborot-kutubxona markazida “Ilm va ayol: Barqaror jamiyat sari” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston XDP viloyat kengashi rais o‘rinbosari, tuman Kengashi deputati U.Qo‘chqarov,partiya viloyat kengashi Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash bo'lim boshlig'i M.G'aniyeva, tuman hokimi o‘rinbosari F.Ro‘zmetova, partiyaning tuman kengashi raisi Sh.Davlatov hamda faol xotin-qizlar ishtirok etdilar.
  

 Shuningdek, tadbir doirasida o‘quvchi-yoshlar tomonidan ko‘rgazmali yarmarkalar tashkil etildi. Yoshlarning ijodiy va amaliy ishlari namoyish etilgan ushbu yarmarkalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.  

 Tadbirda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularni ilm-fan, tadbirkorlik va ijtimoiy hayotga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Ilmli va tashabbuskor ayollar barqaror jamiyat tayanchi ekani alohida ta’kidlandi.