Barcha yangiliklar
DEPUTAT NAZORATI
Gallery image 86703
Gallery image 86704
Gallery image 86705
Gallery image 86706
Gallery image 86707
Gallery image 86708
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
14 Fev 2026
13:22

DEPUTAT NAZORATI

Oltinsoy tumani hokimi O.Mavlyanov ва Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyat mudiri M.Xujanovlar “Chep” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati hamda aholini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi tomonidan hududda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqaror saqlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Aholini ro‘yxatdan o‘tkazish, xonadonlar kesimida aniq statistika yuritish, migratsiya jarayonlarini monitoring qilish hamda ma’lumotlar bazasini shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati