Barcha yangiliklar
Shahrisabz tumanida sanoat salohiyati yuksalmoqda
Gallery image 86686
Gallery image 86687
Gallery image 86688
Gallery image 86689
Gallery image 86690
Gallery image 86691
Gallery image 86692
Gallery image 86693
Gallery image 86694
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
14 Fev 2026
12:28

Shahrisabz tumanida sanoat salohiyati yuksalmoqda

Shahrisabz tumanida sanoat salohiyati yuksalmoqda

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi raisi A.Uzakov, kotibiyat mudiri L.Mamadiyorov va doimiy komissiya raislari I.Yusupov, Z.Mirzayevlar bilan birgalikda “Xazara” mahallasi hududida barpo etilgan “Shahrisabz Bunyodkori” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. Korxonada yaqin kunlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Loyiha qiymati 2 million AQSh dollarini tashkil etib, zamonaviy xorijdan keltirilgan texnika va uskunalar asosida temir-beton mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxona to‘liq aqlli boshqaruv tizimi asosida faoliyat yuritadi. 

Mazkur loyiha hududda sanoatni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, xodimlar uchun zamonaviy oshxona va yotoqxona bilan ham ta’minlangan.