Barcha yangiliklar
Tuman rahbarlari fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Gallery image 86538
Gallery image 86539
Gallery image 86540
Gallery image 86541
Gallery image 86542
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
13 Fev 2026
19:33

Tuman rahbarlari fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida aholi vakillari o‘zlarini qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni bevosita rahbarlarga yetkazish imkoniga ega bo‘ldi. Murojaatlarning asosiy qismini ichki yo‘llarni ta’mirlash, uy-joylarni kadastr hujjatlariga rasmiylashtirish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash masalalari tashkil etdi.

Qabulda jami 34 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ularning 29 ta murojaati rasmiy ro‘yxatga olinib, ko‘plab masalalar mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida shu yerning o‘zida ijobiy hal qilindi. Qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli idoralarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati