Barcha yangiliklar
Ishtixon tumani deputat tashabbusi bilan muammo hal qilindi
Gallery image 8737
Gallery image 8738
Gallery image 8739
Gallery image 8740
Gallery image 8741
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
29 Apr 2024
09:09

Ishtixon tumani deputat tashabbusi bilan muammo hal qilindi

Xalq vakillari bo‘lgan deputatlar joylarda o‘zlari saylangan hudud saylovchilari bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali ko‘tarilgan murojaatlarni bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Faxriddin Abdurazzqov ham o‘zi saylangan mahalla fuqarolar yig‘ini hudud saylovchilari bilan uchrashdi. Unda mahalla aholisi tomonidan qo‘lbola simyog‘ochlarni temir-beton tayanchlarga almashtirish bo‘yicha murojaat etilgan edi.

Deputat muammoni atroflicha o‘rganib chiqdi. Natijada xalq vakilining tashabbusi bilan mahalla raisi va tuman ETK yordamida qo‘lbola simyog‘ochlar yangisiga almashtirildi. Shunday qilib, aholini qiynab kelayotgan muammo xalq vakili yordamida ijobiy hal qilindi.