Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 86333
Gallery image 86334
Gallery image 86335
Gallery image 86336
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
13 Fev 2026
16:13

Kengash_faoliyati

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati J.Abdunazarov tumandagi 45-sonli umumta'lim maktabga tashrif buyurdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi–o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifatining baholanishi hamda muassasaning qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.

 O‘rganish jarayonida deputat tomonidan maktabning moddiy-texnik bazasi, sinfxonalar holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, xavfsizlik masalalari, shuningdek, pedagog xodimlarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

 Maktabda pedagoglar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida o‘quv-tarbiya jarayonining sifati, ta’lim samaradorligini oshirish,mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tashabbuslar tinglandi.