Barcha yangiliklar
Mirzo Ulug'bek mahallasida chiqindi muammolariga qarshi amaliy choralar ko‘rilmoqda
Gallery image 86252
Gallery image 86253
Gallery image 86254
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
13 Fev 2026
15:03

Mirzo Ulug'bek mahallasida chiqindi muammolariga qarshi amaliy choralar ko‘rilmoqda

Jizzax shahrining Mirzo Ulug‘bek mahallasida Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Toshpo‘latov Baxtiyor tashabbusi bilan hududdagi chiqindi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Hamkor tashkilotlar ishtirokida hududni tozalash, noqonuniy chiqindi uyumlarini bartaraf etish, maxsus texnikalarni jalb qilish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari tashkil etilmoqda. Mazkur sa’y-harakatlar mahalla hududining obodonligini ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash va aholi uchun yanada qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.