Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi
Gallery image 86241
Gallery image 86242
Gallery image 86243
Gallery image 86244
Gallery image 86245
Gallery image 86246
Gallery image 86247
ASHURBOYEV JAVLONBEK MUSTAFOQUL O‘G‘LI
13 Fev 2026
14:55

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati V. Hasanov hamda viloyat Kengashi deputati N. Qosimova tomonidan Ahillik va Yangi hayot mahallalarida mahalla yettiligi ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida hududda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning turmush sharoiti atroflicha tahlil qilindi. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, uy-joyga muhtoj hamda mavjud xonadonlarini ta’mirlash zarur bo‘lgan oilalar, shuningdek, tibbiy yordamga ehtiyoji mavjud fuqarolar holati o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha ushbu fuqarolar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar shakllantirilib, ularning muammolarini hal etish yuzasidan tegishli tartibda amaliy choralar belgilab olindi.