Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 86237
Gallery image 86238
Gallery image 86239
Gallery image 86240
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
13 Fev 2026
14:46

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tashrif davomida bir qator fuqarolarning turmush sharoiti o‘rganilib, mavjud muammolar yuzasidan amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha masalalar nazoratga olindi.

🔘 N. T (1947-y.) — turmush o‘rtog‘i N. Z, ajrim yoqasidagi qizi X. D va nabirasi bilan yashaydi. Oila faqat nafaqa hisobiga kun kechiradi. Xonadon ta’mirtalab holatda.

🔘 A. X — 1-guruh nogironi, yolg‘iz yashaydi. O‘g‘li Rossiyada ishlaydi, biroq yetarli daromad topa olmayapti. Mahalla va aholi hashar yo‘li bilan uy qurishni boshlagan, ammo ishlar yakunlanmagan. Fuqaro buyrak kasalligi sabab muntazam dializ muolajasiga qatnaydi.

🔘 G‘. B — o‘zi va o‘g‘lining fuqaroligi rasmiylashtirilmagan. O‘zbekistonga qaytib kelganiga 22 yil bo‘lgan. Turmush o‘rtog‘i vafot etgan. Qizi Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filialining 4-bosqich talabasi bo‘lib, kontrakt to‘lovini amalga oshirolmayapti.

🔘 D. M — ajrashgan, ukasi bilan ota hovlida yashaydi. O‘g‘li P. O (2011-y.) bolalikdan nogiron. Oila uy-joy masalasida yordam, xususan yig‘ma uy ajratilishini so‘ramoqda.

🔵 Uchrashuv yakunida har bir murojaat alohida nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etish choralari belgilandi.

Aholi muammolarini joyida o‘rganish — manzilli yordam ko‘rsatishning eng samarali yo‘lidir.